Logo Menyu
Aloqa
Tilni tanlang
300 yillik tarix

Biz haqimizda

G‘ijduvon kulolchilik maktabining tarixi, qadriyatlari va sulola davomchilari haqida

7 Avlod
Tarix va meros

Narzullayevlar sulolasi: asrlar sadosi

G‘ijduvon kulolchilik maktabi dunyodagi eng qadimiy va nufuzli hunarmandchilik markazlaridan biridir. Bizning tariximiz 7 avloddan beri uzluksiz davom etib kelayotgan Narzullayevlar sulolasi bilan chambarchas bog‘liq.

Har bir buyumda ota-bobolarimizning sirlari, mahalliy tuproqning harorati va ustalarimizning qalb qo‘ri mujassam. Biz nafaqat idish-tovoq yasaymiz, balki tarixni loyga muhrlaymiz.

Yuqori sifat

Xalqaro standartlar va an'anaviy uslub uyg‘unligi

Dunyo tan olgan

UNESCO ro‘yxatiga kiritilgan noyob uslub

“O‘zbekistonning ko‘p asrlik an’analari ruhi aks etgan G‘ijduvon hunarmandchilik markazimizda asrlar davomida saqlanib kelayotgan an’analar mohir ustalar qo‘llarida jonlanadi”.

Har bir asar – tarix bilan yo‘g‘rilgan, tabiatdan ilhomlangan, va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ushbu muqaddas hunarning fidoyi ustalari tomonidan yaratilgan xikoyadir. Bizning oilamiz bir necha asrlardan beri G‘ijduvonning boy badiiy merosini asrab-avaylab kelmoqda.

Bejirim sopol idishlardan tortib, jilvador kashta namunalari va fusunkor gilamlargacha har bir asarda ustaning qalb-qo‘ri va boy madaniyatimiz aks etgan. Bu nafaqat san’at asari, balki qadimiy uslublar asosida yaratilgan, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan javohir hamdir.

“O‘zbekiston hunarmandchilik davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan dunyodagi yagona mamlakatdir”.

Abdullo Narzullayev, O‘zbekiston Xalq ustasi

O‘zbekiston hunarmandchiligi 43 xil yo‘nalishga ega bo‘lib, ulardan kulolchilik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, zardo‘zlik xalqimizning eng go‘zal o‘ziga xos madaniyatini aks ettiruvchi amaliy san’at yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Biz G‘ijduvon hunarmandchilik markazimizda ushbu an’analarni davom ettirib, ularni rivojlantirayotganimizdan faxrlanamiz.

Bizning hunarmandchilik markazimizda qadimiy va zamonaviy san’at an’analari uyg‘unlashgan, o‘tmish va kelajakka ko‘prik bo‘luvchi noyob san’at asarlarini yaratamiz. Agar siz xonadoningiz uchun noodatiy buyum yoki sovg‘a izlayotgan bo‘lsangiz, mehr va muhabbatni aks ettiruvchi, qo‘l mehnatida yaratilgan mahsulotlarimiz siz uchun ayni muddao.

Galereyamizga marhamat

Bizning galereyamizda siz nafaqat san’at asarlarini, balki bizni ilhomlantirgan va kelajak avlodlarimizni ilhomlantiradigan madaniyatimiz haqida guvohlik beruvchi durdonalarni ko‘rishingiz mumkin.

Tashrif buyuring

“Biz bilan birga bo‘ling va har bir asardagi hunarmand tafti va tarovatini his qiling. G‘ijduvonning bir bo‘lakchasini uyingizga o‘zingiz bilan olib keling va O‘zbekistonning boy san’ati sizning hayotingizni boyitishiga izn bering”.

300+

Yillik tarix

50+

Ko‘rgazmalar

2000+

Shogirdlar

7

Avlod davomchilari

Bizning jamoa

Bizning hunarmandlar

Ibodullo Narzullayev

Usta kulol

1927-1987-yillar

Mustabshira aya Barakayeva

Kashtadoʻz usta

Abdullo Narzullayev

Usta kulol

Mavluda Narzullayeva

Kashtadoʻz usta

Gulbahor Narzullayeva

Kashtadoʻz usta

Nodira Narzullayeva

Usta kulol

Dilnoza Narzullayeva

Usta kulol, Kashtadoʻz usta

Akmaljon Narzullayev

Usta kulol

Mahfuzabonu Narzullayeva

Gilamdo‘z usta