Logo Menyu
Aloqa
Tilni tanlang
Mazali sayohat

Milliy oshxona

G‘ijduvonning mashhur kabobi va oilaviy an’analar asosida tayyorlangan betakror taomlar dunyosi

Sharqona ta’m va mehmondo‘stlik

Ma’lumki, G‘ijduvon milliy taomlari dunyoga mashhur. Ayniqsa, G‘ijduvon kaboblaridan ta’tib ko‘rmagan inson kam bo‘lsa kerak. G‘ijduvon hunarmandchilik markazining yana bir xizmatlaridan biri – mehmonlarga uy milliy taomlarini tayyorlashdir.

Tasavvur qiling-a, siz an’anaviy o‘zbek oshxonasiga kirdingiz va sizni yangi pishayotgan o‘zbek milliy taomlarining nozik ifori o‘ziga rom etadi. Sizda mehr va muhabbat ila tayyorlangan, ishtahaochar taomlarni tatib ko‘rib rohatlanish imkoniyati paydo bo‘ladi.

“Mazali osh palovdan tortib nozik pishiriqlargacha bo‘lgan taomlar bizning madaniyatimiz tarixi haqida so‘zlaydi”.

Taomnoma to‘plami

1-to‘plam

  • Quritilgan mevalar (mayiz, yeryong‘oq, sho‘rdanak)
  • Sabzavotli salat
  • Baqlajonli salat
  • No‘xat sho‘rva (mol go‘shti)
  • Maxsus G‘ijduvon kabobi
  • Mavsumiy mevalar yoki shirinliklar
  • G‘ijduvon noni, ko‘k choy, suv
Tavsiya etamiz

2-to‘plam

  • Quritilgan mevalar to‘plami
  • Ugrali tovuq sho‘rva
  • Suzma va ko‘katlar
  • Sabzavotli salat
  • Osh Palov
  • Qovun yoki tarvuz
  • Non, maxsus choy, suv

3-to‘plam

  • Quritilgan mevalar
  • Sezar salati
  • Sabzavotli salat
  • Borsh yoki Moshxo‘rda
  • Manti
  • Muzqaymoq (vanilli/shokoladli)
  • Non, choy, mineral suv
Bizning menyu

Milliy taomlar