Logo Menyu
Aloqa
Tilni tanlang
Nozik san’at

Milliy kashtachilik

Asrlar osha davom etib kelayotgan, nafis naqshlar va yorqin ranglar dunyosi

Ranglar dunyosini kashf eting

O‘zingiz uchun asrlar osha davom etib kelayotgan, nafis naqshlar jamlanmasi aks etgan jozibador kashtachilik san’ati bilan birga yorqin ranglar dunyosini kashf eting.

Ildizi uzoq tarixga borib taqaladigan kashtachilik namunalari devorlarni, gilamlar va hattoki, harbiylarning liboslarini bezash uchun xizmat qilgan. O‘rta asrlarda, dastlab, kashtalarda hayotiy sahnalar va xayoliy mavjudotlar tasvirlangan bo‘lsa, islom dini kirib kelishi ta’sirida nozik o‘simliksimon naqshlar yaratilgan.

Asrlar osha meros

Asrlar osha O‘rta Osiyoda kashtachilik-eng sevimli san’at turlaridan biri bo‘lib, mehr ila avloddan avlodga o‘tib kelgan.

Ushbu hududda bir paytlar oilaviy an’anaga ko‘ra, har bir ayol va qizlar o‘z sepining bir qismi hisoblangan – kashtalarni tikishgan.

XVIII–XIX asrlar esa, O‘rta Osiyo kashtachiligi uchun oltin asr bo‘lib, bu davrda kashtaning iplari mevalar, ildiz va gullardan tayyorlangan tabiiy bo‘yoqlar yordamida bo‘yala boshlangan. Aynan ushbu an’analar hozirgacha davom etib kelmoqda.

Asarlar ortidagi ma’no

Asarlar ortidagi ma’no

“So‘zana” – igna

“So‘zana” – fors tilidan “ignada tikilgan” degan ma’nonisini bildiradi. So‘zanalar kashtachilikdagi katta hajmli pannolar bo‘lib, ular asosan, kundalik hayotda keng qo‘llanilgan. Bu nafaqat hunarmandchilik, balki o‘z falsafiy ma’nosiga ega bo‘lgan, insonlar hayotida muhim o‘ringa ega bo‘lgan qiymatli buyum hamdir.So‘zanalardagi tugallanmagan naqsh gullari oilada baxtli kunlarning davom etishi va avlodlar davomiyligi ramzini ham bildiradi.

To‘y ro‘mollaridagi himoya ma’nosini bildiruvchi naqshlar sevgi tarixi va oila farovonligi to‘g‘risida so‘zlaydi. Bir tasavvur qilib ko‘ring-a, ro‘mollardagi bodom va anor tasviri-serfarzandlik va farovonlikni yoki tumor va qalampir naqshlari baxtsizlikdan asrovchi ramziy naqshlar sanalgan.

Qo‘l mehnati nafosati

Mo‘jiza, yarimipak va ipak matolar yaratiladigan to‘quv dastgohidan boshlanadi. Qo‘lda to‘qilgan ushbu ensiz matolar diqqat-e’tibor bilan bir-biriga ulab chiqilib, asos tayyorlanadi. So‘ngra, mohir “chizmakash” tabiatning boy mo‘jizalaridan ilhomlanib, gullar, o‘simliklar va geometrik shakllarni uyg‘unlashtirgan holda, naqsh kompozitsiyasini yaratadi.

Haqiqiy san’at durdonasining yaratilishi esa, ayollarining birgalikda bir necha oylab qiladigan mehnati – tikish jarayonida, asarning sayqallanishida kuzatiladi. Har bir asarning boshqasiga o‘xshamasligi, uning yaratuvchisining ijodkorligi va mahorati natijasidir.

An’ananing bir bo‘lakchasini uyingizga olib keling

G‘ijduvon kashtasiga ega bo‘lish nafaqat san’at asarini sotib olish, balki uning chuqur ma’noga ega boy tarixi, madaniyati va an’analariga ega bo‘lish demakdir. Nafis liboslaridan tortib devoriy bezak-so‘zanalargacha bo‘lgan san’at asarlari qalbingizdan chuqur joy oladi

Ushbu mo‘jizaning bir bo‘lakchasiga ega bo‘lish imkonini qo‘ldan boy bermang, zero kashtadagi har bir chok o‘z tarixini so‘zlovchi purma’no sayohatga sizni chorlaydi