Tarix, mahorat va ijodkorlik uyg‘unlashgan nafis san’at olami
Tarix, mahorat va ijodkorlik uyg‘unlashgan san’at-nafis o‘zbek gilamdo‘zligi dunyosiga sho‘ng‘ing! XIX – XX asrlarda O‘zbekiston o‘zining murakkab naqshlari, yuqori sifatli xom-ashyosi va yuksak bo‘yash san’ati mujassamlashgan ajoyib gilam ishlab chiqarish markaziga aylangan.
Fors va O‘rta Osiyo an’analaridan ilhomlanib yaratilgan ushbu gilamlar madaniy meros durdonalari bo‘lib, ularni butun dunyo muzeylarida uchratish mumkin.
Qo‘qon, Andijon, Samarqand va ko‘hna Buxoro shaharlari qadimdan gilamdo‘zlikning mukammal markazlaridan hisoblangan. XX asr boshlarida Buxoro O‘rta Osiyoning gilam savdo markazi hisoblanib, hattoki bugungi kunda ham “Buxoro” nomi aql bovar qilmas aniqlik bilan to‘qilgan eng serhasham ipak gilamlar timsoli hisoblanadi.
“Oxirgi yillarda usta-hunarmand Mahfuzabonu Narzullayeva qadimgi Buxoro ipak gilam to‘qimachiligi san’atiga yangitdan hayot bag‘ishladi”.
U o‘zining G‘ijduvondagi ustaxonasida nafaqat noyob gilamlarni ishlab chiqaradi, balki yangi avlod ustalariga ko‘p asrlik gilamdo‘zlik hunari sirlarini o‘rgatib kelmoqda.
Gilamdo‘zlik sir-asrorlarini o‘rganish yoshlikdan o‘rgatib borilgan. An’anaviy o‘zbek madaniyatida qizlar 7-9 yoshidan iplarni yigira boshlashgan. O‘smir yoshida ustaning nazorati ostida bosqichma-bosqich hunar sirlarini o‘rganib, to‘qishni boshlashgan.
20-25 yoshda ular tajribali hunarmandlar bo‘lib yetishib, 30 yoshdagina mahoratli usta darajasiga yetishishgan.
Hozirgi kunda bu meros G‘ijduvonda barhayot bo‘lib, Mahfuzabonu Narzullayeva va uning iste’dodli shogirdlari ajoyib ipak gilamlarni yaratib kelishmoqda. Har bir asar- ularning hunarga bo‘lgan sadoqati, an’anaviy naqshlarning qadimiy ruhda hozirgi zamonaviy kompozitsiyalar bilan uyg‘unligini ko‘rsatib turadi.
Ipak gilamning yaratilishi bu- muhabbatga to‘la mehnatning natijasidir. Gilamning har bir santimetr kvadratida 64 tagacha tugunlar borligini bilasizmi?
Tasavvur qilyapsizmi, qanchalik aniqlik, hajmi 60x100 smlik gilamchani qo‘lda to‘qish uchun bir usta-hunarmand 4-5 oy davomida 216 000 ta tugunlarni to‘qishi kerak. Undan kattaroq, 220x150smlik ipak gilamni to‘qish uchun esa, bir yildan ortiq vaqt ketib, undagi tugunlar 1 188 000 ni tashkil etadi. Natija- shunchaki gilam emas, haqiqiy san’at durdonasi!
Ipak gilamlar mustahkamligi va go‘zalligi bilan mashhur bo‘lib, ularning qiymati yil sayin oshib boradi. G‘ijduvondagi ustaxonada yaratilgan ipak gilamlar xalqaro maydonlarda ham shuhrat qozongan bo‘lib, ular hattoki Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) prezidentlari tomonidan e’tirof etilgan.
O‘zingiz uchun G‘ijduvon ipak gilamlari mo‘jizasini oching! Siz ipak gilamni sotib olib, nafaqat gilamga ega bo‘lasiz, balki uzoq yillar qalbingizga iliqlik ulashadigan ko‘hna tarixga sho‘ng‘iysiz!