Hududning tabiati – quyosh, osmon, yer va suv ranglari uyg‘unligidan ilhomlanib, ustalar o‘z asarlarida yashil, jigarrang va iliq ranglarni aks ettirgan holda tasvirlashadi. Kamalak jilosini eslatuvchi sirlangan sopol kishini o‘ziga rom etib, har bir uyning interyeridan o‘z o‘rnini topishiga va viqor qo‘shishiga shubha yo‘qdir.
G‘ijduvon kulolchiligini nafaqt ranglari o‘zgacha tus beradi, balki avloddan avlodga o‘tib kelayotgan, madaniyatlar almashinuvi ramzi hisoblangan mashhur o‘zbek milliy matolaridan ilhomlanib yaratilgan naqshlari ham o‘ziga xoslikni aks ettiradi. Hozirgi kundga qadar 60 dan ortiq shakllar va 300 dan ortiq an’anaviy naqshlar saqlab qolingan bo‘lib, har bir asar ushbu hunarning yuksak qadr-qimmatini belgilaydi.
“G‘ijduvon muvaffaqiyatining siri nimada? Bunda o‘tmishdagi an’analar saqlab qolinib, kelajakdagi tasavvur va ijod eshiklarining ochilishini kuzatish mumkin”.
Bu san’atni usta-kulollar avlodlari, xususan Narzullayevlar sulolasi ushbu qadimiy an’anaviy hunar sirlari asosida, yangi zamonaviy san’at asarlarini yaratish orqali saqlab qolishgan va rivojlantirib kelishmoqda.
Agar siz kolleksioner yoki san’at shinavandasi bo‘lsangiz, hech qachon urfdan qolmaydigan, qo‘l mehnatida yaratilgan G‘ijduvon kulolchilik asarlarini olib, xonadoningizga yana-da ko‘proq fayz va chiroy baxsh etadigan, sizni tarix va madaniyat bilan ham bog‘laydigan idishlarni xarid qiling. O‘zingiz uchun maftunkor va jozibador G‘ijduvon sopolini kashf eting, zero bu nafaqat oddiy bir idish, balki azaliy javohirdir.