G‘ijduvonning yuragida, an’analar og‘ushida tunash zavqini his qiling
An’anaviy o‘zbek mehmon uyida fayzli muhitdan orom oling! Sizning qulayligingizni o‘ylab, mehr bilan yartilgan uylarimizda qishloqning maftunkor ruhi va zamonaviy qulayliklar mujassamdir. Siz bu yerdagi fayzli muhitdan o‘zingizni oilaning bir a’zosidek his qilasiz va momiq ko‘rpa ostidagi iliq O‘zbekiston tongini qarshi olish imkoniga ega bo‘lasiz.
Yurtimizdagi sayohatingizda go‘zallik va an’analarimizga sho‘ng‘ir ekansiz, uyingizdan uzoqda bo‘lgan bir paytda bizning mehmon uyimiz-sizning uyingiz bo‘lsin!
G‘ijduvon hunarmandchilik majmuasida joylashgan, har bir xonasi o‘zgacha tarix va dizaynga ega mehmon uyi
Xorazm xonasi milliy kulolchilik koshinlari (plitka) va XX asrga tegishli kulolchilik buyumlari bilan bezatilgan
G‘ijduvon xonasi milliy kulolchilik koshinlari, XX asrga tegishli sopol idishlar va mashhur G‘ijduvon so‘zanasi bilan bezatilgan. Haqiqiy mahalliy kolorit
Rishton xonasi milliy kulolchilik koshinlari, XX asrga tegishli buyumlar va rang-barang quroq (patchvork) namunalari bilan bezatilgan. Yorqin va shinam muhit