G‘ijduvonning mashhur kabobi va oilaviy an’analar asosida tayyorlangan betakror taomlar dunyosi
Ma’lumki, G‘ijduvon milliy taomlari dunyoga mashhur. Ayniqsa, G‘ijduvon kaboblaridan ta’tib ko‘rmagan inson kam bo‘lsa kerak. G‘ijduvon hunarmandchilik markazining yana bir xizmatlaridan biri – mehmonlarga uy milliy taomlarini tayyorlashdir.
Tasavvur qiling-a, siz an’anaviy o‘zbek oshxonasiga kirdingiz va sizni yangi pishayotgan o‘zbek milliy taomlarining nozik ifori o‘ziga rom etadi. Sizda mehr va muhabbat ila tayyorlangan, ishtahaochar taomlarni tatib ko‘rib rohatlanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
“Mazali osh palovdan tortib nozik pishiriqlargacha bo‘lgan taomlar bizning madaniyatimiz tarixi haqida so‘zlaydi”.