1 457 000 so‘m
“Dastagul” lagani. Gʼijduvon. 2025 yil.
“Dastagul” nomli lagan. 980-1000 gradus haroratda kulolchilik pechi-xumdonda pishirilganligi sababli, issiq va sovuqqa chidamli hisoblanadi. Gʼijduvon anʼanaviy kulolchiligida 8 xil turli xil ranglardan foydalaniladi.
“Dastagul” naqshi anʼanaviy naыshlardan biri boʼlib, gʼijduvonlik kulollar ushbu naqshni tez-tez qoʼllashgan. Аslida naqshlar hayvonlar, parrandalar, oʼsimliklar, gullardan ilhomlanib, uslublashtirilgan holda yaratilgan. Bu kabi naqshlar asosan, baxt, moʼl-koʼlchilik, tinchlik ramzlarini bildirgan.