Logo Menyu
Aloqa
Tilni tanlang
(24 sharh)

So‘zana “Hayot daraxti”

18 819 800 so‘m

Soʼzana “Hayot daraxti”. Gʼijduvon. XIX asr nusxasi. 2012 yil.

Muallif(lar) Gulbahor Narzullayeva
Hajmi 200x250 sm
Material Ipak
Uslubi Yo‘rma. Ipak iplar, tabiiy bo‘yoqlar
O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish 100% sifat kafolati

Mahsulot haqida batafsil

“Hayot daraxti” soʼzanasi gʼijduvonlik sulolaviy ustazodalar Mavluda va Gulbahor Narzullaevalar tomonidan yaratilgan. Soʼzana markazida 5 qatorda 7 donadan gullar joylashgan boʼlib, hayotning rang-barangligidan dalolat beradi. “Hayot daraxti”- oilaviy baxt, ajdodlar va avlodlar oʼrtasidagi uzviy bogʼliqlik va farovonlik ramzi hisoblanadi. Bu kabi naqshlar asosan, nikoh toʼyi soʼzanalarida qoʼllanilgan. Soʼzananing hoshiyasida quyosh ramzini bildiruvchi-doiragul naqshlari tasvirlangan boʼlib, ular orasida bir juft anorli, bodomli va gulli novdalar joylashtirilgan. Аnor-oila, serfarzandlik va sevgi-muhabbat ramzi hisoblanadi. Shu bilan birga, “Hayot daraxti” naqshi insonning tugʼilishidan boshlab hayoti davomidagi bosib oʼtadigan yoʼllarini ifodalaydi.

O‘xshash mahsulotlar