Logo Menyu
Aloqa
Tilni tanlang
(24 sharh)

Soʼzana “Rafidagul”

40 068 000 so‘m

Soʼzana “Rafidagul”. Gʼijduvon. XIX asr nusxasi. 2023 yil.

Muallif(lar) Mavluda Narzullayeva
Hajmi 250x350 sm
Material Ipak
Uslubi Yo‘rma. Ipak iplar, tabiiy bo‘yoqlar
O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish 100% sifat kafolati

Mahsulot haqida batafsil

“Rafidagul” soʼzanasi gʼijduvonlik sulolaviy ustazodalar Mavluda va Gulbahor Narzullaevalar tomonidan yaratilgan. Soʼzana markazida sakkiz qirrali yulduz naqshi joylashgan boʼlib, uning atrofi “rafidagul” naqshi bilan toʼldirilgan. Sakkiz qirrali yulduz shakli-muvozanat, adolat, hamohanglik va ruhiy barqarorlikni ifodalaydi. Uning har bir qirrasi eʼtiqod, rahm-shafqat, donolik, sabr-toqat va taqvodorlik ramzidir. “Rafida”- non yopish uchun moʼljallangan yostiqchaning nomi boʼlib, ilgari ayollar uy-roʼzgʼor buyumlari va tabiat gullaridan ilhomlanib yaratgan naqshlardan biri hisoblanadi. Rafida-xayru-barokat va oiladagi budlik ramzi hisoblanadi. Soʼzananing hoshiyasidagi naqshlar ham rafidagul naqshlari boʼlib, ularning orasida oʼsimliksimon islimiy naqshlar tasvirlangan.

O‘xshash mahsulotlar